BIRINCHI QISM

ODAMLAR BILAN MULOQOTDA BO'LISHNING ASOSIY USULLARI

Birinchi bo'lim 
AGAR ASAL YIG'MOQCHI BO'LSANGIZ, ASALARI QUTISINI ULOQTIRMANG

1931 yil 7 mayda Nyu-York eng yirik politsiya tintuvining eng shov-shuvli yakuni shohidiga aylandi, bu eski shahar shu paytgacha bunday voqeani boshdan kechirmagan edi. Bir necha haftalik ta'qib davomida Krouli Ikki To'pponcha juda og'ir vaziyatga tushgan, uni Uest-End-avenyudagi ma'shuqasining uyida payqab qolgan edilar.
Yuz ellik politsiyachi va izquvarlar uni yuqori qavatdagi pana joyda qamal qilib olishdi. Tomdan tuynuk ochib, bu politsiyachilar qotilini ko'zdan yosh oqizadigan gaz bilan haydab chiqarmoqchi bo'lishdi. So'ng ular qo'shni uyda pulemyot o'rnatishdi. Bir soat vaqt davomida Nyu-Yorkning ajoyib turar-joy kvartallaridan birn to'pponchadan uzilgan o'qlar va pulemyotning to'xtovsiz otishmalaridan larzaga kelib turdi. Vazmin oromkursida yashirinib olgap Krouli ham to'xtovsiz ravishda politsiyachilarga qarata o'q otardi. Fig'oni falakka chiqqan o'n ming tomoshabin bu tomoshaning guvohi bo'ldi. Nyu-York ko'chalarida shu paytgacha bunday mojaro ro'y bermagan edi.
Kroulini qo'lga tushirishgandan keyin politsiya komissari Malruni bayonot berib, bu kallakesar Nyu-Yorkning butun tarixida eng xavfli jinoyatchilaridan biri ekanligini aytdi. U hech qanday sababsiz ham odam o'ldiraveradi, dedi komissar.
Ammo Krouli Ikki To'pponcha o'zini o'zi qay tarzda ko'rar edi? Bu kallakesar yashiringan joyni politsiya o'qqa tutar ekan, u bu kimga taalluqli bo'lsa, ushanga degan mazmunda xat yozganki, biz mazkur xat orqali Kroulini bilib olamiz. U xat yozar ekan, yaralangan joylaridan oqqan qon kog'ozga sachrab, egri-bugri iz qoldirardi. Xatda Krouli Mening ko'ksimda xorib-charchagan, ammo odamlarga aslo yomonlikni ravo ko'rmaydigan olijanob yurak urib turibdi, deb yozgan edi.
Bunga qadar Long-Aylendga olib boruvchi shahar tashqarisidagi yo'l chekkasida Krouli mashinasida o'z mahbubasinn quchoqlab o'tirgan. Mashinaga politsiyachi yaqinlashgap va undan haydovchilik guvohnomasini so'ragan.
Bir og'iz so'z demay Krouli to'ppopchasini chiqardi va politsiyachiga qarata o'q yog'dirdi. Politsiyachi yiqilar ekan, Krouli mashinadan sakrab tushdi-da, uning qinidan to'pponchasini sug'urib oldi-yu, cho'zilib yotgan jasadga qarata yana o'q uzdi. Bu - Mening ko'ksimda horib-charchagan, ammo odamlarga aslo yomonlikni ravo ko'rmaydigan olijanob yurak urib turibdi, degan qotil edi.
Hamma gap shundaki, Krouli Ikki To'pponcha o'zicha hech qanday aybni tan olmaydi.
Agar siz bu voqea jinoyatchilar orasida urfga aylanmagan desangiz, unda davomini eshiting: Men hayotimdagi eng yaxshi yillarni odamlarga xushchaqchaqlik baxsh etish va ularning vaqtlarini ko'ngilli o'tkazish uchun sarfladim. Bularning bari uchun men qanday mukofotga sazovor bo'ldim? Faqat haqorat, tahqirlash hamda inson hayoti uchun tuzoq qo'yish bo'ldi, xolos.
Bu gapni Al Kapone aytgan. Ha, o'z vaqtida jamiyatning birinchi darajali dushmani deb hisoblangan Chikagoni qachonlardir hammadan ko'proq terror qilgan gangsterlarning eng xavfli rahnamosi bo'lgan odamning gapi bu! Al Kapone o'zini mutlaqo qoralagani yo'q. Aslida u o'zini jamiyatning muruvvat ko'rsatuvchi valine'mati deb bilar edi, bu valine'mat baholanmagan va mujmal deb hisoblangan emish.
Gollandiyalik Shuls ham o'ziga aynan shunday deb qaraydi. U Nyuarkda gangsterlar otgan o'qlar tufayli halok bo'lgan edi. Gazetaga bergan intervyusida Nyu-Yorkning o'ta ketgan yaramas bu kishisi o'zini jamiyatning valine'mati deb hisoblaydi. Bunga ishonadi ham. 
Yuqoridagi masala yuzasidan men bilan Sing-Sing turmasi boshlig'i Loues o'rtasida qiziqarli yozishma bo'lgan edi. Uning ta'kidlashiga ko'ra, Bu qamoqxonaning juda ozchilik jinoyatchilari o'zlarini yomon kishilar deb bilishadi. Ushbu mahbuslarning nuqtai nazariga qaraganda, ular ham sizu bizday odamlar emish. Shu tomondan ular nimanidir dalillab ko'rsatish, o'z xatti-harakatlarini izohlashga harakat qilishadi. Nima uchun seyfni buzishga yoki o'q uzishga majbur bo'lishganini sizga tushuntirishga intilishadi. Ulardan ko'pchiligi turli-tuman xato yoki mantiqiy mulohazalar yordamida o'zini jamiyatga qarshi bo'lgan xatti-harakatlarini oqlamoqchi, xatto shu asosda ularni turmaga tiqish aslo mumkin emasligini astoydil isbotlamoqchi bo'lishadi.
Agar Al Kapone, Krouli Ikki To'pponcha, gollandiyalik Shuls va turma, devori ortidagi kallakesarlar shunchalik darajada o'zlarini biror jinoyatda aybdor emas, deb hisoblar ekan, biz duch kelgan, to'qnashgan odamlar to'g'risida nima deyishimiz mumkin?
Jon Uenemeyker bir kuni shunday deb iqror bo'lgan edi: Bundan o'ttiz yil muqaddam men hadeb noliyverish ahmoqlikdan boshqa narsa emasligini tushungan edim. Mening shaxsiy kamchiliklarim to'lib-toshib yotibdi. Shunday ekan, Xudoyi taolo odamlar o'rtasida aqliy qobiliyatlarni teng taqsimlamaganligidan asabiylashib o'tirish to'g'ri bo'larmikan?
Uenemeyker buni juda erta fahmlagan edi. Mening o'zim chorak kam bir asr davomida bu ko'hna dunyoda paypaslab yurib, nixoyat shunga amin bo'ldimki, odamlar yuzdan to'qson to'qqiz holatda nohaq bo'lishlariga qaramasdan o'zlaridan mutlaqo o'pkalamaydilar, o'zlarini aybdor sanamaydilar.
Tanqid shuning uchun foydasizki, u odamlarni o'zini himoya qilishga yoki, odatda, oqlashga majbur etadi. Tanqid shuning uchun xavfliki, uning izzat-nafsiga zarba bo'lib tushadi, uning g'ururiga tegadi, unda ranj-alam qo'zg'aydi.
Nemis armiyasida askarning u yoki bu hodisa ro'y berganida zudlik bilan shikoyat qilish yoki unga nisbatan tanqidiy mulohazalar bildirishga ruxsat berilmaydi. Dastavval u uxlab olishi va biroz o'ziga kelishi kerak. Agar u darhol shikoyat qilsa, uni o'sha zahoti jazolashadi. Xudo haqqi, bu qoida doimiy javrab turadigan ota-onalar, janjalkash xotinlar. injiq ish beruvchilar va tanqidga toqat qilolmaydigan fuqarolar hayotida ham tatbiq etilsa boshqacha bo'lardi.
Siz tarixiy asarlardan behuda tanqidga doir minglab sahifalarni g'ij-g'ij topishingiz mumkin. Masalan, Teodor Ruzvelt bilan prezident Taft o'rtasidagi bir tiyinga qimmat bo'lgan nizoni olib ko'ring. Bu respublikachilar partiyasini parchalab, Vudro Vilsonni Oq uyga olib keldi, jahon urushiga sezilarli ta'sir etib, tarix yo'nalishini o'zgartirib yubordi. Aslida ishning mohiyatini qisqacha ko'rib chiqaylik. 1908 yilda Teodor Ruzvelt Oq uyni tark etib, Taft prezident bo'lib olgach, Afrikaga sherlarni ovlash uchun jo'nab ketdi. Qaytib kelganidan so'ng u qizg'in faoliyatga berildi: .Milliy progressiv partiyaga asos soldi, sal bo'lmasa respublikachilar partiyasi faqat ikki shtat - Vermont va Yuta tomonidan qo'llab-quvvatlangandi, xolos. Bu eski partiya hech qachon bunday qaqshatqich zarbaga uchramagan edi.
Teodor Ruzvelt hammasi uchun Taftni aybladi, ammo prezident Taft o'zini aybdor deb bilarmidi? Albatta, yo'q. Ko'zlarida yosh bilan Taft: Men bundan boshqacha qanday yo'l tutishni mutlaqo tushunmayman, degandi.
Kim aybdor edi? Ruzveltmi yoki Taftmi? Ochig'ini aytsam, men bilmayman, bu meni qiziqtirmaydi ham. Eng muhimi, men isbotlaydigan narsa shuki, Teodor Ruzveltning barcha tanqidiy mulohazalari Taftning haq emasligiga ishontira olmadi. Ular faqat uning o'zini oqlashga majbur etar, u esa ko'zida yosh bilan yana va yana bir bor takrorlar edi: Men bundan boshqacha qanday ish tutishni mutlaqo tushunmayman.
Yoki Tipot-Doumadagi neft zaxiralari bilan bog'liq ommaviy janjalni olib ko'ring. Esladingizmi? Gazetalar bir necha yil arazgo'ylik bilan shu haqda yozdi. Bu g'avg'o butun mamlakatni bezovta qildi. Hech kim bunday ommaviy janjal Amerikada mutlaqo uchraganini eslay olmaydi. Mana ushbu nizo bilan bog'liq dalillar: Garding Albert Foll hukumatida ichki ishlar vaziriga Elk-Xill va Tipot-Douma hududlarida davlatga qarashli neft zaxiralarini ijaraga berish vazifasi topshirilgan edi. Bu zaxiralar harbiy-dengiz floti ehtiyojlari uchun qoldirilgan edi. Vazir Foll raqobatli savdoni tashkil etdimi? Yo'q, u bu ishni qilmadi. Foll darhol mazkur mutlaqo foydali shartnomani o'zining do'sti Edvard L.Dogeniga topshirdi. Dogeni qanday ish tutdi? U moliya vaziri Follga qarz deb atashga jur'at qilib. bu miqdorni yuz ming dollar etib belgiladi. Shundan so'ng vazir Foll o'zboshimchalik bilan AQSH dengiz piyoda qo'shinlariga tegishli hududga kelish va Elk-Xilledagi neft chiqaradigan hududlarda joylashgan raqobatchilarni quvib yuborishga buyruq berdi. Miltiq va nayzalar tahdidi ostida o'z hududlaridan quvilgan bu raqobatchilar sudga tashlanishdi, shu bilan Tipot-Doumadagi yuz ming dollarlik janjalli ishni fosh qildilar. Bu ish shu qadar chirkin ediki, u Garding ma'muriyatini falokatga giriftor qildi, butun mamlakat bo'ylab jirkanish tuyg'usi vujudga keldi, bu esa sal bo'lmasa respublikachilar partiyasining barbod bo'lishiga olib kelayozdi. Albert Foll esa qamoqxona panjarasi ortiga tashlandi.
Follni juda shafqatsiz ravishda qoraladilar, tarixda juda kam davlat arboblarigina bunday jazoga duch kelishgan. Nima, u pushaymon bo'ldimi? Hecham-da! Bir necha yillardan so'ng Gerbert Guver o'zining ko'pchilik oldida so'zlagan ma'ruzalarida buni qisman eslab o'tdi, uning aytishicha, prezident Gardingning o'limi o'z do'stinshgg xiyonati tufayln kelib chiqqan ruhiy iztiroblar oqibatida ro'y bergan. Follning rafiqasi buni eshitgach, o'z joyidan sakrab turib ketdi, u yig'lagan, qo'llarini musht qilib, tahdid qilgan va qichqirib yuborgan edi: Nima?! Foll Gardingni sotdimi? Yo'q! Mening erim hech qachon hech kimni sotgan emas. Bordi-yu uy to'la tilla bo'lganida ham u erimni mutlaqo qiziqtirmas va yo'ldan ozdirmasdi. Ular uni sotdilar, jazoga duchor qildilar pa qo'l-oyog'ini bog'lab, chormixga tortdilar.
Bu shunday bo'ladi: odamzod qiyofasiga shunisi xoski, u boshqalarni qanday bo'lmasin ayblashga moyil faqat o'zini ayblamasa bo'lgani. Hammamiz shunaqamiz. Shuning uchun ertaga kimnidir tanqid qilishni istab qolgudek bo'lsak, keling. Al Kapone, Krouli Ikki To'pponcha va Albert Follni eslaylik. Shuni o'ylaylikki, tanqid xuddi pochta kabutariga o'xshaydi, ya'ni hamisha o'ziga qaytib keladi. Biz qoralamoqchi va ayblamoqchi bo'lgan odam ham shubhasiz, o'zini oqlashga intiladi va o'z navbatida bizni ham xuddi mo'min-qobil Taftga o'xshab ayblaydi: Men bundan boshqa qanday yo'l tutishni tushunmayman, deb aytadi.
1865 yilning 15 aprelida ertalab, shanba kuni arzongina jihozlangan xonalardan birida Avraam Linkoln to'shakda jon uzayotgandi. Bu xona But unga o'q uzgan Ford teatri qarshisida edi. Linkolnga karavot nihoyatda kaltalik qilardi. Karavot tepasida Roza Borening mashxur Otlar yarmarkasi suratidan olingan reproduksiya osilgap, gaz chiroq esa xira sarg'ish nur sochib turardi.
Joni uzilgan Linkoln tushagi yonida turgan xarbiy vazir Sjentoy shunday degan edi: Bu erda dunyo hali hech qachon ko'rmagan eng benuqson kishi yotibdi.
Linkolnning odamlar bilan munosabatidagi muvaffakiyatga erishuvining siri nimada? Men o'n yillar davomida Avraam Linkolnning hayot yo'lini o'rgandim va Notanish Linkoln degan kitobni yozish va qayta yozishga naq uch yil umrimni bag'ishladim. Men Linkoln shaxsi hamda uning oilaviy hayotini ikir-chikirigacha puxta o'rganishga intildim, uni xuddi shu tarzda o'rganish mumkin. deb hisobladim. Linkoln odamlar bilan muomalada qanday usullardan foydalanganini maxsus tadqiq qildim. U tanqid bilan shug'ullanishga urindimi? O, bo'lmasa-chi! U yigit chog'ida Indiana shtatidagi Pijon-Krik vodiysida istiqomat qilar, atrofidagi odamlar sha'niga tanqidiy mulohazalar bildirib qolmay, ularning ustidan masxaralovchi xat va shiorlarni qishloq ko'chalari bo'ylab sochib tashlagan edi, toki ular topib olishlari kerak edi. Ana shunday xatlardan biri tegishli manzildagi kishiga borib yetgach, uni umr bo'yi ranj-alamga giriftor etgan edi.
Hatto Linkoln Illinoys shtatidagi Springfildda amaliyotni o'tayotgan advokat bo'lib ishlayotganida ham gazetalarda bosilgan xatlari orqali o'zining raqiblariga qarshi ochiqdan-ochiq tashlangan edi. Ammo kunlarning birida u haddidan oshib ketdi.
1842 yilning kuzida u keksaygan, tajovuzkor kayfiyatdagi siyosatchi irland Jeyms Shilds nomli shaxs ustidan yozilgan imzosiz xat orqali zaxarxandalik bilan kulgan edi. Xat Springfild djornel nomli gazetada bosib chiqdi. Butun shahar baland ovozda kulib yubordi. Tez xafa bo'ladigan va mag'rur Shilds qahr-g'azabdan yonib ketdi. U xatni kim yozganini aniqladi, otga sakrab mindi-yu, Linkolnning huzuriga yo'l oldi va uni duelga chaqirdi. Linkoln Shilds bilan urushishni xohlamadi, chunki u duelga qarshi edi, ammo mazkur vaziyatda o'z or-nomusini saqlash uchun bu chaqiriqdan bo'yin ham tovlay olmasdi. Unga qurolni tanlash huquqi taklif etildi. Linkolnning qo'li juda uzun bo'lgani uchun otliq askarlar ishlatadigan og'ir va uzun qilichni tanladi hamda bu aslahani ishlatish bo'yicha Uest-Poynt bitiruvchisidan bir necha marta saboq oldi. Belgilangan kuni u va Shilds Missisipi daryosining qumloq sayoz joyida uchrashishdi va jon berguncha urushmoqqa tayyorlandilar. Bu ishning oxirgi daqiqalarida ularning sekundantlari (tomonlar vakillari) aralashib, duelni to'xtatishdi.
Bu Linkoln hayotidagi eng g'ussali kun sifatida keyinchalik odamlar bilan muomala san'atida bir umr qimmatli ibrat namunasi bo'lib qoldi. Linkoln shundan keyin hech qanday xaqoratomuz xatlar yozmaydigan bo'ldi.
Fuqarolar urushi davrida Linkoln Potumak armiyasi qo'mondonligi vazifasiga bir necha bor yangi generallarni tayinladi, ammo ularning har biri - Mak-Klellan. Poup, Bernsayd, Xuker, Mid ham o'z vazifalarini mutlaqo uddalay olmadilar, bu Linkolnni umidsizlikka tushirdi. Mamlakatning yarmi ushbu noshud generallarni qattiq qoralar, ammo Linkoln xotirjam, u hech nimadan darg'azab emas, hammaga olijanob qalb bilan munosabatda edi. Linkolnning eng sevimli iboralaridan biri Birovni qoralash bilan band bo'lmang, shunda sizni hech kim qoralamaydi. degan gap edi.
Uning xotini Linkoln xonim janubliklar shaniga biror keskinroq so'z aytgudek bo'lsa, Linkoln: Ularni tanqid qilmang, xuddi shunday vaziyatlarda biz ham aynan shunday qilgan bo'lar edik, degandi.
Baribir, qachonlardir kimdir tanqid uchun nishon bulgudek bo'lsa, bu albatta, Linkoln bo'lardi. Bitta misol keltiramiz.
Gettesberg yonidagi jang 1863 yil iyulning biripchi uch kuni mobaynida davom etgan edi. 1 iyul kuni kechasi misli ko'rilmagan yomg'ir yog'ib, hamma joyni to'ldirganida, general Li janubga qarab chekina boshladi. O'zining mag'lubiyatga uchragan armiyasi bilan Potomak daryosi bo'yiga chiqar ekan, Lining ko'z oldida daryo butun salobati bilan gavdalandi, undan o'tib bo'lmas, orqada esa zafarda cho'loqlangan federal armiya turardi. U go'yo tuzoqqa tushib qolgan, najot yo'li yo'q edi. Linkoln buni tushunardi. Uning oldida ajoyib, ko'kdan ato etilgan yoqimli imkoniyat bor ediki, bu ham Li armiyasini asirga tushirish va shu bilan urushni to'xtatishdan iborat edi. Shu sababli Linkoln Midga harbiy kengashni chaqirmaslik va Li armiyasiga qo'qqisdan hujum qilishni buyurdi. O'zining buyrug'ini telegraf orqali yubordi, so'ngra uning ortidan Midga maxsus chopar yo'llab, tezda harakatni boshlashni talab qildi.
General Mid bunga qanday munosabatda bo'ldi! Unga nima buyurilgan bo'lsa, qarama-qarshi tarzda bajardi. Linkolnning buyrug'ini to'g'ridan-to'g'ri buzib, u harbiy kengashni chaqirdi, qat'iylik ko'rsatmadi, uzundan-uzoq vaqt imilladi. Telegraf orqali turli bahonalarni ro'kach qilib, Liga hujum qilishdan voz kechdi. Nihoyat oxir-oqibatda daryo muzlab, Li o'z armiyasi bilan Potomak daryosi orqali chekindi.
Linkoln g'azablangan edi. Bu nima degan gap? - deb qichqirdi Linkoln o'zining o'g'li Robertga. - Yo Parvardigori olam, bu nimasi, axir? Biz qo'limizni shundoqqina cho'zsak, ular hukmronligimiz ostida bo'lishardi. Bu vaziyatda har qanday general ham Lini mag'lubiyatga uchratishi tayin gap edi. Agar men o'sha erda bo'lganimda, o'zim uni tor-mor etgan bo'lardim!
Haddan ziyod umidsizlangan va toqati toq bo'lgan Linkoln o'tirdi va Midga quyidagi xatni yozdi. Esingizda bo'lsin, bu davr uningg hayotida eng xolis ish tutadigan va o'z iboralarnin o'ylab gapiradigan palla edi. Shu sababli 1869 yil Linkoln tomonidan bitilgan mazkur xat og'ir hukmday jaranglaydi. Mana o'sha maktub:

Qimmatli general!
Mening nazarimda, siz Lining chekinishi bilan bog'liq butun baxtsizlik miqyosini tasavvur ham etmagansiz. Biz uni yengilgina bosib olishimiz, shu bilan birga yaqinda erishgan yutuqlarimiz bilan birga urushga nuqta qo'yishimiz mumkin edi. Endi esa ypysh yana noma'lum vaqtgacha cho'zildi. Agar siz o'zingiz Liga o'tgan dushanba kuni hamla qila olmagan bo'lsangiz, uni endi qanday boshqarasiz, u hozir janubda, daryoning narigi tomonida turibdi, siz o'sha vaqtda ixtiyoringizda bo'lgan armiyaning uchdan ikki qismini olishingiz mumkin. Endi siz ancha narsaga erishasiz, deb men aslo kutmayman, bunday deb hisoblash aql doirasida bo'lmasdi, albatta. Siz juda ajoyib imkoniyatni boy berdingiz va men bundan haddan ziyod ranjiganman.
Bu xatni o'qigan Mid, sizning fikringizcha, nima qilgan bo'lar edi?
Mid mazkur xatni ko'rmadi, chunki Linkoln uni jo'natmagan edi. Ushbu maktub prezident vafotidan so'ng uning kog'ozlari orasidan topilgan.
Mening tahminimga ko'ra, ha, buni faraz qilyapman, Linkoln mazkur maktubni yozib tugatgach, derazadan olislarga tikilib, o'z-o'ziga shunday degan bo'lishi mumkin: Bir daqiqa. Ehtimol, bunchalik shoshilib ish tutishimning hojati yo'qdir. Men bu erda Oq uyning osuda xonasida o'tirib, Midga hujum boshlash to'g'risida amri farmon berishim ancha oson, ammo Midning urnida bo'lib, Gittesbergda keyingi haftada qancha qon to'kilishini, yarador va jon berayotganlarning quloqni teshadigan darajadagi faryodlarini eshitganimda, balki men ham hujumga o'tishga unchalik shoshilmagan bo'lar edim. Agar menda ham Mid kabi zaif xarakter mavjud bo'lganida, xuddi u singari yo'l tutishim mumkin edi. Har holda bo'lar ish bo'ldi. Agar men bu xatni jo'natsam, ko'nglim taskin topadi, ammo Midni o'zini oqlashga majbur etadi. Bu yoqimsiz his-tuyg'ularni qo'zgaydi, uning bundan keyin qo'mondon sifatida o'z vazifasini ado etishida ta'sir qilishi va balki armiya sifatida iste'foga chiqib ketishiga qadar ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Shunday qilib, men aytganimdek, Linkoln xatni bir chetga surib qo'yadi, chunki u achchiq tajribasidan yaxshi bilardiki, keskin vaziyatda qilingan tanqid va tanbeh berish befoyda.
Teodor Ruzvelt aytgan ediki, u prezident sifatida murakkab muammolarga to'qnash kelganida, Oq uyda yozuv stoli tepasida osib kuyilgan Linkolnning kattakon suratiga qarab, o'z-o'ziga savol berar, Hozir mening o'rnimda Linkoln o'tirganida qanday ish tutgan bo'lardi? Ushbu muammoning yechimini qanday topar edi? deb so'rardi.
Bizda kimningdir ta'zirini berish kerak bo'lib qolganida, keling, cho'ntagimizdan besh dollarlik pulni chiqaraylig-u, unda tasvirlangan Linkoln tasviriga qarab, o'zimizga: Linkoln bu muammo qarshisida turganida, uni qanday hal etar edi? deb savol beraylik.
Siz biror kishini qayta tarbiyalab odam qilish, uni tuzatish va kamolga yetkazishni xohlaysizmi? Yaxshi! Juda ajoyib! Men ham butunlay qo'shilaman. Ammo nima uchun bu ishni o'zimizdan boshlamasligimiz kerak? Xudbinlik nuqtai nazaridan qaraganda, boshqalarnn kamolga yetkazishga urinishga nisbatap bu ancha foydaliroqdir. Boz ustiga anchagina xavf-xatarsizdir.
Insonda ichki tomonlama kurash boshlansa, demakki, u nimagadir arziydi, degan edi Brauning. Ehtimol, o'z-o'zini kamolga yetkazish jarayoni sizda dunyoga kelgandan boshlab vaqtingizni band etgandir. So'ngra siz bayramlarda yaxshi dam olishingiz mumkin hamda kelasi yilni kamchiliklarni bartaraf etish va boshqalarni tanqid qilishga bag'ishlarsiz.
Ammo hammadan burun o'zingizni kamolga yetkazing.
Konfutsiy shunday degan edi: Qo'shningizning tomi qordan tozalanmaganini shikoyat qilishdan oldin o'zingizning bo'sag'angizdagi qorni kurab tashlang.
Men yoshligimda, odamlarda yaxshi taassurot qoldirish uchun Amerikaning adabiyot ufqida ajralib turgan Xarding Richard Devis nomiga axmoqona maktub bitganman. O'shanda jurnal uchun yozuvchilar xaqida maqola tayyorlash
asnosida Devisdan o'zining ish uslubi xususida bir og'iz yozib yuborishini so'radim. Bir necha hafta muqaddam esa kimdandir quyidagi mazmundagi beshta xat olgan edim: Aytib turib yozdirilgan, ammo o'qib chiqilmagan. Bu menda juda katta taassurot qoldirdi. Xatning muallifi juda katta vazifadagi odam, ish bilan o'ta band, katta kishi, deb o'ylaganman. Men bo'sh vaqtim borligiga qaramay, Richard Xarding Devisda yaxshi taassurot qoldirish maqsadida qisqacha xatimni: Aytib yozdirilgan, ammo o'qib chiqilmagan, degan so'zlar bilan yakunladim.
U javob maktubini yozishga urinib ko'rmadi ham. Xatimning ustiga ko'ndalangiga quyidagi so'zlarni yozib, uni o'zimga qaytarib yubordi, so'ng yozib yuborishga jazm qildi: Bema'ni qiliqlar bilan siz hammasidan ham oshib ketdingiz. Tyg'ri, men qo'pol xatoga yo'l ko'ydim, buning uchun Devisning kesatiq gaplarini eshitsam, arziydi, albatta. Ammo barcha odamlar singari men ham achchiqlandim. Shu darajada ranjidimki, oradan o'n yil o'tgach, Devisning vafoti haqida eshitganimdan so'ng xotiramga kelgani, men bunga iqror bo'lishdan xijolat ham bo'laman, uning meni ranjitgani bo'ldi.
Agar biz siz bilan ertaga o'zimizni aybdor qiladigan xafachilik tuyg'usidan xalos bo'lishni xohlasak, ehtimol, bir necha o'n yillik umrimiz davomida saqlanadigan hamda qiynaydigan va larzaga soladigan ranj-alamlardan achchiq bo'lsa hamki, o'z-o'zimizni ozgina shafqatsiz tanqid qilish bilan mashg'ul etaylik.
Odamlar bilan muomalada shuni yoddan chiqarmang: siz mantiqan fikr yuritadigan kishi bilan ish olib boribgina qolmay, balki hissiyotlarga tez beriluvchap, xurofotga mukkasidan berilgan, o'sha manman va o'ziga bino qo'ygan kishi bilan ish ko'ryapman, deb tasavvur qiling.
Tanqid esa uchqunga o'xshaydi, u manmanlikning poroxli uyumida portlab ketishga sabab bo'lishi mumkin. Ayrim xollarda bu o'limni tezlashtiradi ham. Masalan, general Leonard Vud qattiq tanqid ostiga olinadi va unga armiya bilan birga Fransiyaga qaytishga ruxsat berilmaydi. Vudning izzat-nafsiga urilgan bu zarba, ehtimol, uning umrini qisqartirgandir.
Angliyaning eng ajoyib romannavis adiblaridan biri bo'lgan Tomas Xardi sha'niga aytilgan keskin tanqid tufayli u bir umr belletrik asarlar yozishdan voz kechishga majbur bo'ldi. Tanqid ingliz shoiri Tomas Chattertonni o'z joniga qasd qilishga qadar olib keldi.
Yoshligida ancha to'pori bo'lgan Benjamin Franklin vaqt o'tib, odamlar bilan muomala-munosabatda shunchalik mohir va shirinso'z kishiga aylandiki, natijada u Amerikaning Fransiyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Franklinning muvaffaqiyatga erishish siri nimada edi?  Men hech qachon birovni yomonlab, xunuk gap aytmayman, har bir odam haqida uning yaxshi tomonlarini gapiraman, degan edi u.
Har qanday axmoq tanqid qilishi, qoralashi va noroziligini bayon etishi mumkin, ko'pgina nodonlar ana shunday qilishadi ham.
Ammo tushunish, anglashni namoyon etish va marhamatli, bag'rikeng bo'lish uchun insondan kuchli fe'l-atvor va iroda talab etiladi.
Buyuk kishilarning buyukligi ularning kichik odamlarga nisbatan qanday muomalada bo'lishiga qarab aniqlanadi, degan edi Karleyl.
Odamlarga ayb to'nkashdan oldin, keling, ularni tushunib olishga bir urinib ko'raylik. Ular boshqacha emas, aynan nega shunday ish tutishgani haqida tasavvur qilishga urinaylik. Bu tanqid bilan mashg'ul bo'lishdan ko'ra inson uchun foydali va qiziqarli bo'lib, atrof-muhitga g'amxo'rlik, sabr-toqat va bag'rikenglik odatlarini tarbiyalaydi. Hammani tushunmoq, demak, hammani afv etmoqdir.
Doktor Jonson shunday deb ta'kidlagan edi: Parvardigor insonni umrining oxiriga qadar jazolash niyatida emas.
Nega endi biz shunday qilishimiz kerak ekan?
